Brittney Sykes
№. 15 – Los Angeles Sparks | |
---|---|
Pozitsiyasi | Himoyachi |
Liga | WNBA |
Shaxsiy maʼlumot | |
Tavalludi |
7-fevral 1994-yil Newark, New Jersey |
Millati | Amerikalik |
Boʻyi | 5 ft 9 in (1.75 m) |
Faoliyati haqidagi maʼlumotlar | |
Maktab | University (Newark, New Jersey) |
Kollej | Syracuse (2012—2017) |
WNBA drafti | 2017 / Tur: 1 / Tanlash: 7- overall |
Atlanta Dream tomonidan tanlangan | |
Oʻyindagi faoliyati | 2017—hozirgacha |
Statistikalar WNBA.com saytida |
Brittney Sykes (talaffuzi: Britney Sykes; 1994-yil 7-fevralda tugʻilgan) — Ayollar Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining (WNBA) Los Angeles Sparks jamoasida oʻynagan amerikalik professional basketbolchi. U 2017-yilgi WNBA draftida yettinchi umumiy tanlov bilan jamoa tarkibiga tanlangan[1].
Oʻrta maktab davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sykes New Jersey shtatining Newark shahridagi oʻrta maktabda oʻqigan. Oʻrta maktabdagi oʻquvchilar bilan birga u Philly Belles nomli jamoada oʻynagan. Uning oʻrta maktabdagi yutuqlari, 2012-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari U18 terma jamoasi aʼzosi, 2012 McDonald’s All-American, 2012-yilgi USA Today All-USA Second Team, All-Tri-State Second Team, All-State, All-Essex Countydan iborat. Oʻzining oʻrta maktabdagi faoliyatida u yuqori sinfda oʻrtacha 18,9 ball, 12,9 ribaund va 3,6 golga assistentlik qilgan. Maydondagi yutuqlaridan tashqari, Sykes Milliy sharaf jamiyati, talabalar kengashi va MSG Varsity Club aʼzosi boʻlgan[2][3].
Kollej jamoasidagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sykes Syracuse universitetida tahsil olgan. U besh yil kollejda oʻqigan. Tizzasidan olgan jarohati tufayli Sykes uchinchi mavsumda atigi toʻrtta oʻyin oʻtkazgan. Oʻzining toʻrt mavsumida u himoyachi va kichik hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Sykes kollejdagi faoliyati davomida jami 138 ta oʻyin oʻtkazgan (bu oʻyinlarning 137 tasini boshlagan) va har bir oʻyinda oʻrtacha 29,5 daqiqa, 1,9 golli uzatma, 5,9 ribaund qayd etgan. U kollejdagi faoliyatini SU ayollar basketboli jamoasida gol urish boʻyicha uchinchi oʻrinda yakunlagan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sykes Michael va Reginaning qizi. Uning ikkita katta akasi bor. Sykes Syracuse universitetini aloqa va ritorik tadqiqotlar boʻyicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan.
Syracuse jamoasidagi faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manba[4]
GP | Oʻynalgan oʻyinlar | GS | Oʻyinlar boshlanishi | MPG | Oʻyin uchun daqiqalar |
FG% | Maydondagi gollar foizi | 3P% | Uch ochkoli gollar foizi | FT% | Erkin to'p otish foizi |
RPG | Har bir oʻyindagi rebound (basketbol) | APG | Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol) | SPG | Har bir oʻyin uchun to'p saqlash (basketbol) |
BPG | Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol) | PPG | Oʻyin uchun ochko | Bold | Karyera |
Yil | Jamoa | GP | Ballar | FG% | 3P% | FT% | RPG | APG | SPG | BPG | PPG |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2012—2013 | Syracuse | 32 | 285 | 43,0 % | 21,3 % | 60,9 % | 5.7 | 1.3 | 2.0 | 0,5 | 8.9 |
2013—2014 | Syracuse | 32 | 532 | 50,5 % | 33,3 % | 73,3 % | 5.1 | 1.8 | 1.4 | 0,6 | 16.6 |
2014—2015 | Syracuse | 3 | 7 | 23,1 % | 0,0 % | 25,0 % | 4.3 | 1.3 | 1.7 | 0,7 | 2.3 |
2015—2016 | Syracuse | 38 | 390 | 35,2 % | 23,1 % | 63,2 % | 5.1 | 1.6 | 2.0 | 0,6 | 10.3 |
2016—2017 | Syracuse | 33 | 632 | 45,2 % | 39,3 % | 75,4 % | 7.8 | 3.3 | 2.2 | 0,8 | 19.2 |
Jami ochkolari | 138 | 1846 | 43,5 % | 30,5 % | 69,2 % | 5.9 | 1.9 | 1.9 | 0,6 | 13.4 |
WNBAdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilgi WNBA draftida yettinchi tanlov bilan Atlanta Dream jamoasi tomonidan tanlanganidan soʻng Sykes juda muvaffaqiyatli yangi mavsumni oʻtkazgan. U jamoa bilan uch yillik shartnoma imzolagan.
WNBAdagi faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andoza:WNBA o'yinchi statistikasi afsonasi
Muntazam mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Jamoa | GP | GS | MPG | FG% | 3P% | FT% | RPG | APG | SPG | BPG | TO | PPG |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2017 | Atlanta Dream | 34 | 23 | 25.4 | . 408 | .336 | . 729 | 4.1 | 1.9 | 0.6 | 0.5 | 1.7 | 13.9 |
2018 | Atlanta Dream | 29 | 7 | 20.7 | . 411 | . 268 | . 663 | 3.5 | 2.3 | 0.3 | 0.6 | 1.1 | 9.7 |
2019 | Atlanta Dream | 34 | 27 | 25.9 | . 365 | . 259 | . 703 | 4.4 | 2.5 | 0.6 | 0.5 | 2.0 | 10.2 |
2020 | Los Angeles Sparks | 21 | 14 | 24.6 | .487 | . 327 | .806 | 2.6 | 2.1 | 1.5 | 0.3 | 1.7 | 10.1 |
2021 | Los Angeles Sparks | 32 | 20 | 29.3 | . 405 | . 262 | . 772 | 4.6 | 2.2 | 1.8 | 0.5 | 1.4 | 9.4 |
Faoliyati | 5 yil, 2 jamoa | 150 | 91 | 25.3 | . 405 | . 292 | . 728 | 4.0 | 2.2 | 0.9 | 0.5 | 1.6 | 10.8 |
Mavsumdan keyingi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Jamoa | GP | GS | MPG | FG% | 3P% | FT% | RPG | APG | SPG | BPG | TO | PPG |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2018 | Atlanta Dream | 5 | 5 | 27.0 | .473 | .412 | . 500 | 3.6 | 1.6 | 0.8 | 0.2 | 1.8 | 12.6 |
2020 | 2Los Angeles Sparks | 1 | 1 | 22.0 | . 273 | . 000 | 1.000 | 5.0 | 2.0 | 0.0 | 0.0 | 3.0 | 8.0 |
Faoliyati | 2 yil, 2 jamoa | 6 | 6 | 26.2 | . 439 | . 333 | . 600 | 3.8 | 1.7 | 0.7 | 0.2 | 2.0 | 11.8 |
AQSH jamoasidagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning 14-martida Sykes yangi mavsumdagi ochkolari tufayli 2018—2020-yilgi mavsum uchun milliy terma jamoa tarkibiga kiritilgan. Sykes professional boʻlishdan oldin 2012-yilgi AQSh U18 va 2013-yilgi AQSh U19 terma jamoalari sinovlarida ham ishtirok etgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kramer, Lindsay. „Ex-Syracuse star Brittney Sykes makes school history as Atlanta's top pick in WNBA draft“. The Post-Standard (13-aprel 2017-yil). Qaraldi: 7-may 2017-yil.
- ↑ „Syracuse Women's Basketball Roster“. cuse.com. Qaraldi: 26-sentabr 2018-yil.
- ↑ „Brittney Sykes 2012 High School Girls' Basketball Profile - ESPN“. espn.com. Qaraldi: 26-sentabr 2018-yil.
- ↑ „NCAA Statistics“. web1.ncaa.org. Qaraldi: 25-may 2021-yil.
- ↑ „Brittney Sykes“. usab.com. Qaraldi: 26-sentabr 2018-yil.